Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzgan 274 nafar shaxsga nisbatan jami 107 876 250 so‘m jarima solindi

Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzgan 274 nafar shaxsga nisbatan jami 107 876 250 so‘m jarima solindi

Foto:«Xabar.uz»

Ma’muriy sudlari tomonidan deyarli har kuni epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarni buzganlik (MJtK, 54-modda)  bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

Shu kunga qadar 289 nafar shaxsga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid  ishlar  mazmunan ko‘rilib,  ularning 274  nafari jami 107 876 250 so‘m miqdorida jarima jazosiga tortildi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.

Qo‘shimcha qilinishicha, bo‘lib o‘tgan sud majlislari jarayonida 15 nafar shaxsga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha ish yuritishdan tugatilgan. 289 nafar shaxsning 14 nafari ayol, 4 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs, 2 nafari chet davlat fuqarosi va 2 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdir, deyiladi oliy mahkama matbuot xizmati axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring