Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi qanday?

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi qanday?

Foto: «Kvmeter.ru»

«Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, quyidagi maqsadlarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari hisoblanadi:

— mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish;

— O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

— foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno);

— respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’yektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika va aloqa tizimi muhandislik ob’yektlari va tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’yektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

— aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ob’yektlar qurish qismida ijro etish;

— davlat investitsion dasturlarida belgilangan davlat ta’lim, tibbiyot, madaniyat va ijtimoiy himoya muassasalarni markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish.

Qayd etilishicha, yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha ochiq muhokama tashabbuskor tomonidan tashkil etiladi va muhokama o‘tkazilishi jarayonining majburiy tartibda audio- va video qayd qilinishi ta’minlanadi. Ochiq muhokama ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilishi va ularning ishtiroki tashabbuskor tomonidan ta’minlanishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring