Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertadan ayrim mahalliy temiryo‘l va aviaqatnovlar tiklanadi

Ertadan ayrim mahalliy temiryo‘l va aviaqatnovlar tiklanadi

Foto:«Xabar.uz»

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ joriy yil 15-avgustdan mahalliy yo‘nalishlarda poyezdlar harakatini bosqichma-bosqich qayta tiklaydi.

Xabarda aytilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta, Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta, shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

Mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring