Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Faxriy donor» ko‘krak nishoni sohiblariga pul mukofoti va qator imtiyozlar beriladi – Prezident qarori

«Faxriy donor» ko‘krak nishoni sohiblariga pul mukofoti va qator imtiyozlar beriladi – Prezident qarori

Prezident qarori bilan respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyati takomillashtiriladi va aholi orasida beg‘araz donorlik harakati rivojlantiriladi.

Hujjat bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi.

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

– ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;

– shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;

– davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;

– doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;

– donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi;

– immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;

– shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring