Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaz va elektr narxi oshadimi? Moliya vazirligi munosabat bildirdi

Gaz va elektr narxi oshadimi? Moliya vazirligi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to‘lov narxlari oshirilishi to‘g‘risida tarqalayotgan xabarlarga Moliya vazirligi  munosabat bildirdi.

«Sizga shuni ma’lum qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.uzga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi», — deyiladi vazirlikning axborot xizmati joylashtirgan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring