Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya markazi shoshilinch axborot berdi

Gidrometeorologiya markazi shoshilinch axborot berdi

«O‘zgidromet» ob-havo masalasida yana bir shoshilinch axborotni e’lon qildi. 

Unda aytilishicha, 2022 yil 19 yanvar kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m gacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet»  O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi bo‘yicha ma’lumot bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring