Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta oxirlariga borib ob-havo keskin isishi kutilmoqda

Hafta oxirlariga borib ob-havo keskin isishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi ushbu haftada kutilayotgan ob-havo bashoratini ma’lum qildi. 

Bugun O‘zbekistonda yana ob-havo beqaror bo‘lishi kutilmoqda. Volga bo‘yi hududidan nam va salqin havoning kirib kelishi natijasida mamlakatimizning Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, ko‘pgina hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikamiz hududidan sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shamol shiddat bilan esganda uning tezligi 23-28 metrgacha yetadi. Kunduzi havo harorati pasayib 20-25 darajani tashkil etadi.

Ertaga respublikamizning ko‘pgina hududlarida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

20 maydan va hafta oxirigacha xorijiy janubdan O‘zbekiston hududiga kirayotgan quruq va iliq havo oqimi kun sayin kuchayadi. Nihoyat respublikada quyoshli havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, dam olish kunlari kechasi 17-20 daraja, kunduzi 32-35 darajaga yetadi, mamlakatimiz shimoli, janubiy va cho‘l zonalarida 37 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 6-8 darajaga yuqoridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring