Halok bo‘lganlarning jasadlari Xorazmga olib kelindi
Joriy yilning 1-mart kuni soat 06:00 da Qozog‘iston Respublikasi Mang‘istov viloyati hududidan o‘tuvchi «Aktau-Beyneu» avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va uning natijasida 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘lishgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Qozog‘iston Respublikasi vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan harakatlar natijasida mazkur yo‘l-transport xodisasida halok bo‘lganlar bugun, 4-mart kuni Xorazm viloyatiga soat 11:45da olib kelindi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, hozir halok bo‘lganlarning shaxsini identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter