Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Haqiqatga zid»: SSV Jizzax va Buxoro viloyatlarida koronavirus tarqalgani bo‘yicha mish-mishlarni izohladi

«Haqiqatga zid»: SSV Jizzax va Buxoro viloyatlarida koronavirus tarqalgani bo‘yicha mish-mishlarni izohladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. «Ammo bu xabar haqiqatga zid», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotda meva-sabzovotlar, jumladan, banandan ushbu virus yuqishi mumkinligi haqidagi chiqishlarga ham oydinlik kiritib o‘tilgan.

Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamariddin Boqiyevning ta’kidlashicha, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar berish bo‘limlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so‘ng «O‘zstandart» agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzovotlar sotuviga ruxsat beriladi.

Xo‘sh, meva-sabzavotlardan koronavirus yuqishi mumkinmi?

– Xitoydagi xavotirli epedmik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzovotlar bo‘yicha ham turli tekshiruvlar olib borilayapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan, – deydi Qamriddin Boqiyev. – Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste’moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring