Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har kuni kamida 2 ta qarorga imzo qo‘yib borayapman» — Prezident

«Har kuni kamida 2 ta qarorga imzo qo‘yib borayapman» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilayotgan videoselektor davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Kuni-kecha 60 ga yaqin tashabbus va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlab berdim. Har kuni kamida 2 tadan qarorlarga imzo qo‘yib berayapman.

Yirik loyihalarni infratuzilmaga ulash, turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalariga imtiyozlar berish, qo‘shilgan qiymat solig‘i tizimini soddalashtirish, induksion pechlar bo‘yicha taqiqlarni bekor qilish kabi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev hokimlardan ushbu «temp»ga mos ishlashni talab qildi.

Viloyat, tuman hokimlari va sektor rahbarlari ham xuddi shu «tempda» ishlashi, o‘z faoliyatini yangicha ish tizimiasosida yo‘lga qo‘yib, har kuni tadbirkorlar bilan uchrashib, qarorlar ijrosini ta’minlashi, amaliy muammolarini hal qilib borishi kerak, — dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring