Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim blogerning murojaatiga tezkorlik bilan javob berdi

Hokim blogerning murojaatiga tezkorlik bilan javob berdi

Foto:«Namangan24.uz»

Bloger va jurnalist Oqilxon Dadaboyev mas’ul bo‘lgan «Namangan24.uz» saytida quyidagi murojaat e’lon qilindi:

(7 avgust, chorshanba) Namangan shahri «Uchqun» mahalla fuqarolar yig‘ini, 4-Soli Adashev ko‘chasi, 2-uyda istiqomat qiluvchi Dilorom aya Sirojiddinovadan murojaat 

«Farzandim Dilmurod Asqarov uzoq davom etgan xastalik sababli yaqinda olamdan o‘tdi. Yagona o‘g‘limdan menga ikki qiz yodgorlik qoldi. Katta nabiram maktabning 3-sinfini tugatdi. Kenjam olti yoshda. Oilaviy sharoitimiz og‘irligi sababli farzandim salomatligiga alohida e’tibor bilan qarolmadim. O‘g‘lim uchun devor paxsalardan qurilgan uch xonali uy eskirganligi sababli qulab tushdi. Qo‘limiz kaltalik qilib, yangisini tiklay olmadik. Bu masala yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini, «Mahalla» jamg‘armasiga murojaat qildik, ammo bundan hech qanday naf bermadi. Rahmatli o‘g‘limning sa’y-harakatlari zoye ketdi. O‘zimiz yashab turgan uy ham nurab borib, avariya holatiga kelib qolgan. Uy-joy quraylik desak, bir yog‘da tirikchilik deganday. Yaqinda xonadonimizga viloyat hokimligining Ishchi guruhi vakillari kelishib, holimizdan xabar olishdi. Qanday ko‘mak kerakligi bilan qiziqishdi. Ularga buzilgan uyimizni tiklashda homiy ajratilishiga amaliy yordam berishlarini so‘radim. Ammo...»

Cayt mas’uli ayni shu muammoga yechim izlash maqsadida Namangan shahar hokimi, 1-sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqovga murojaat etgan.

E’tiborlisi shundaki, shahar hokimi murojaatimizga tezkorlik bilan munosabat bildirib, bugun soat 16:00da qo‘ng‘iroq qilishini bildirdi. Aytilgan vaqtda hokimdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, u kishi bilan Dilorom opa istiqomat qilayotgan xonadonga yetib borilgan.

Foto:«Namangan24.uz»

Tegishli mutasaddilar hamrohligida kelgan hokim Dilorom aya bilan muloqotda bo‘ldi. Otasidan barvaqt ayrilgan norasida ikki qizaloqni suhbatga tortdi. E’tibordan chetda qolgan hovlidagi «manzara»ni ko‘zdan kechirgan Shavkatjon Abdurazzoqov tegishli qurilish tashkiloti rahbariga qisqa fursat ichida bu yerda qurilish ishlarini boshlash va uch xonali uy-joy barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Qurilish ishlarini borishi o‘z nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring