Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim qabriston qorovuli bo‘lishga ham tayyorligini aytdi

Hokim qabriston qorovuli bo‘lishga ham tayyorligini aytdi

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov prezident qaysi lavozimni ravo ko‘rsa, u hatto qabriston qorovulligi bo‘lsa-da, sadoqat bilan ishlashga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda u bugun, 3 dekabr kuni yangi yildan ish boshlashi ko‘zda tutilgan va ayni kunga qadar saralab olingan «hokim yordamchi»lari bilan suhbatda aytgan.

Hokim dastlab ularga ishni nimadan boshlash haqida maslahat bergan bo‘lsa, so‘ngra «hokim yordamchi»lari mas’uliyati haqida to‘xtaldi.

«Siz o‘ta mas’uliyatli va shaxsan prezidentimiz ishonib topshirayotgan lavozimda ish boshlaysiz. Shu bois, mehnatingiz va sadoqatingiz bilan xalqning mushkulini oson qiling. Odamlarning mehrini qozonib, hokim va vazir lavozimlariga ham munosib ekanligingizni ko‘rsating. Shaxsan men, hozir hokim lavozimini bajarayotgan bo‘lsam-da, ertaga prezidentimiz qabriston qorovulligini bajarasan desalar ham ishonchni oqlab, astoydil ishlab, sadoqatimni ko‘rsataman. Bu lavozim ham siz uchun imkoniyat eshigi, undan foydalaning», — degan tuman hokimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring