Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim Sardobadagi fojia ro‘y bergan joyga bordi

Hokim Sardobadagi fojia ro‘y bergan joyga bordi

Bugun tunda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi «Ko‘rkam diyor» mahallasi «Robot» ko‘chasida joylashgan bir qavatli, 3-uy 1-xonadon (kottej)da yong‘in sodir bo‘lib, bir oilaning olti nafar a’zosi baxtsiz xodisa qurboni bo‘lgani xabar qilingan edi.

Sirdaryo viloyat hokimligi tomonidan xabar qilinishicha, erta tongda viloyat hokimi, viloyat sektor rahbarlari hamda tashkilotlardan iborat tarkibda guruh tuzilib, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga borildi. Shaxsan viloyat hokimi G‘.Mirzayev halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qilib, hamdardligini bildirdi.

Viloyat hokimi marhumlarni dafn marosimlarida bosh-qosh bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan uyni qisqa muddatda ta’mirlagan holda voqea sodir bo‘lgan vaqtda boshqa joyda bo‘lgan oilaning 18 yoshli qizi Oltiboyeva O‘g‘iloyga topshirilishini hamda uni o‘z otalig‘iga olib, holidan doimiy xabar olib turishini ma’lum qildi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Shu o‘rinda marhumlarning motam tadbirlari va dafn marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 30 mln. so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, ularning ma’rakalarini o‘tkazish uchun mas’ullar biriktirildi. Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan marosimga yig‘ilganlardan xonadonlarda gaz va elektr isitkich moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi aks holda oqibati ayanchli holda yakun topishi mumkinligi haqida qayta-qayta ta’kidladi.

Mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘lar ularning qayg‘uli kunida hamdard bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring