Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda og‘ir vaziyatda qolgan ayolga yordam berildi — Senat

Yangiyo‘lda og‘ir vaziyatda qolgan ayolga yordam berildi — Senat

Kuni kecha Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Ra’no Qo‘chqarovaning og‘ir ijtimoiy sharoitda ekanligi aks etgan videomaterial ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ushbu holat Senat tomonidan o‘rganilib,  batafsil ma’lumot berilishi haqida xabar qilingan edi.

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova shu kunning o‘zida tuman hokimligining mas’ul xodimlari bilan birgalikda Ra’no Qo‘chqarova vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonga borib holatni o‘rgandi va zaruriy barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi tashkillashtirildi.

Jumladan, R.Qo‘chqarova Yangiyo‘l tumanidagi boshqa bir sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan, barcha shart-sharoitlarga ega xonadonga bepul istiqomat qilish imkoniyati bilan ko‘chirib o‘tkazildi, ayol va uning farzandi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, u davlat tomonidan beriladigan bola pulini ham oladi.

R.Qo‘chqarova «Ayollar daftari»ga kiritilgan. Shu sababli uni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida bepul o‘quv kursiga jalb etish va o‘rgangan hunari orqali uy sharoitida pul ishlab topish uchun sharoit yaratib berilishi belgilanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring