Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganligini e’lon qildi

Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganligini e’lon qildi

SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganligini e’lon qildi. Bu haqda u NBC telekanali orqali namoyish etilgan Saturday Night Live teledasturida aytib o‘tgan.

Ko‘rsatuvning 8-may sonida Mask boshlovchilik qildi. Ko‘rsatuvdan olingan parcha Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi dastur sahifasida e’lon qilingan.

«Men aslida tarixda birinchi bo‘lib Aspergerni qabul qilish sharafiga muyassar bo‘lgan shaxsman. Shu bilan bir qatorda buni tan olgan birinchi kishi», - dedi tadbirkor o‘zining nutqida.

Avvalroq Mask o‘zini Saturday Night Live - AQShdagi mashhur kechki musiqiy va kulgili shou boshlovchisi rolida sinab ko‘rishi haqida xabar berilgan edi.

Asperger sindromi - bu autizm spektrining buzilishlaridan biri bo‘lib, jamiyatdagi mavjudlik va ruhiy rivojlanishning buzilishi bilan tavsiflanadi. Shunga o‘xshash tashxis taniqli shved ekologik faoli Grete Tunbergga ham qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring