Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Issiqlik elektr stansiyalari» AJda rahbarlar o‘zgardi

 «Issiqlik elektr stansiyalari» AJda rahbarlar o‘zgardi

Foto: «Issiqlik elektr stansiyalari»

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Abdurahmonov Farhod Mamurovich «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Farhod Abdurahmonov o‘z faoliyatini 2004-yilda «Farg‘ona issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyatida boshlagan, u ushbu korxonada turli lavozimlarda ishlagan, 2015-yildan buyon aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Foto: «Issiqlik elektr stansiyalari»

Shuningdek, Abduhamid To‘rabboyevich Jo‘rayev «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruv raisining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abduxamid Jo‘rayev bunga qadar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasining 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgandi. Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi.

Prokuraturaning holat yuzasidan tekshiruvlari jarayonida Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. uyida o‘zini osib, vafot etgani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring