Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bergan. 

Shuningdek, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Muxtor Muhitdinov hozirgacha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring