Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda jamoat transporti narxi oshadimi? Mutasaddilar izohi

Poytaxtda jamoat transporti narxi oshadimi? Mutasaddilar izohi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent metrosiga uyushtirilgan press-tur davomida transport sohasi mutasaddilari jamoat transporti to‘lovi narxi oshishi masalasiga ham izoh berib o‘tishdi. 

Transport boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yaqin orada joriy to‘lov (1400 so‘m)ni o‘zgartirish masalasi kutilmayapti. Mazkur to‘lov miqdori so‘nggi marta 2019-yil 15-avgust kuni o‘zgargandi. 

Shuningdek, transport vaziri Ilhom Mahkamov o‘z chiqishlaridan birida yo‘lovchilar yurgan bekati soni ko‘pligidan kelib chiqib pul to‘lashi amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida gapirgandi. 

Vazirlik rasmiysi izohiga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha 3 oy sinov o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Unda yo‘lovchilarning o‘rtacha yo‘l bosish masofasi o‘rganiladi. Shunga qarab tabaqalashtirilgan to‘lov tizimi yaratiladi. O‘rganish ishlari joriy yil iyun oyidan boshlanadi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring