Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda aka-ukaning bolalaridan nogiron farzand tug‘ildi

Jizzaxda aka-ukaning bolalaridan nogiron farzand tug‘ildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ma nuqsonli chaqaloq dunyoga kelgani aytilgan videolavha tarqalgandi. Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu holatni o‘rganib chiqqan.

Aniqlanishicha, bu chaqaloq Do‘stlik tumanida dunyoga kelgan bo‘lib, 2022 yil 4 iyun kuni soat 04:00 larda 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro X. T. tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilgan.

Shu kuni soat 06:10 da og‘irligi 2800 gramm, bo‘yi 47 santimetr bo‘lgan, muddatiga yetgan o‘g‘il jinsli nogiron chaqaloq dunyoga kelgan. Ko‘rsatilgan reanimatsion tibbiy muolajalarga qaramasdan, hayotga zid qo‘shma asoratlar bilan tug‘ilgan go‘dak shu kuni 08:20 da vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tug‘ilgan ko‘p nuqsonli chaqaloqning ota-onasi aka-singilning farzandlari bo‘lgan. Ushbu oila ikkala tomonning ham ikkinchi turmushi hisoblanadi. Ularning avvalgi turmushlaridan bir nafardan sog‘lom farzandlari bor. Ayolning mazkur homiladorlik davri normal kechgan.

«Ma’lumki, tibbiyotda aksariyat hollarda yaqin qarindoshlar nikohi tufayli bolalar turli irsiy nuqsonlar bilan dunyoga kelishi isbotlangan. Xususan, bunday oilalar tufayli tug‘ilajak bolada tug‘ma aqliy zaiflik, xromosom kasalliklar, daun sindromi, aqliy va jismoniy o‘sishdagi jiddiy oqsoqlik kabi xavfli xastaliklar kelib chiqishi mumkin», deyiladi SSV xabarida.

Shu bois, oila qurishga shaylanayotgan yoshlarga, eng avvalo, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, so‘ngra yangi hayotga qadam qo‘yishlarini, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan saqlanishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring