Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kanadachi» firibgarlar haqida ogohlantirish berildi

«Kanadachi» firibgarlar haqida ogohlantirish berildi

Migratsiya agentligi matbuot kotibining qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari Kanada ishchi vizasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga ko‘p duch kelmoqda.

Firibgarlik sxemasi qanday?

Fuqaro vositachi shaxslar bilan Telegram va WhatsApp orqali bog‘lanib, ularga dastlab shaxsiy hujjatlarini, viza rasmiylashtirish uchun bank hisobiga katta miqdorda pulni jo‘natadi. Shundan so‘ng vositachi shaxslar jo‘natgan soxta hujjatlar bilan Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasida aslida mavjud bo‘lmagan viza suhbatlari tayinlanadi.

Fuqaro aldanganini faxriy konsulxonaga murojaat qilganda tushunib qoladi.

«Kanadaning Toshkentdagi faxriy konsulxonasi faqat konsullik masalalari bilan shug‘ullanadi va viza berish jarayonida ishtirok etmaydi.

Kanada vizasini olish jarayoni haqidagi barcha rasmiy ma’lumotlar Kanada hukumatining www.canada.ca saytida mavjud», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring