Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kattaqo‘rg‘onda shifokorlar ham qasamyod qabul qildi

Kattaqo‘rg‘onda shifokorlar ham qasamyod qabul qildi

Foto:«Zarnews.uz»

Joriy yil 20-noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasining 150 nafar shifokori va 150 nafar hamshiralari tuman mutasaddilari, keng jamoatchilik oldida qasamyod qabul qildi. Bu haqda «Zarnews.uz» saytida xabar berildi. 

«Tumanimizdagi shifokor va hamshiralar inson salomatligini asrashga, bu yo‘lda bor bilimlarini ayamaslikka qasamyod qilishdi. Bu ularning mas’uliyatini, fidoyiligini oshirishga xizmat qiladi. O‘ylaymanki, har bir tibbiyot xodimi ushbu qasamyodiga sodiq qoladi» degan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olim Xo‘jamberdiyev.

Avvalroq, Sirdaryoda fermerlar qasamyod qabul qilgani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring