Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha bayonot berildi

Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha bayonot berildi

Latviya va Litvaga yuborilgan hamda qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi «AMILEE BAHORA» xususiy bandlik agentligi orqali xorijga ishga ketgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining Litva poytaxti Vilnyus shahrida qiyin ahvolda qolganliklari to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarlar bo‘yicha bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holatni o‘rganish maqsadida Vilnyusdagi fuqarolar bilan bog‘landi. Vaziyatni o‘rganish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Ayni paytda Agentlik Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxiralangan mablag‘lar hisobidan jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatish, Litvadan qaytish istagidagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rmoqda.

Ushbu fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish majburiyatlarini to‘liq darajada bajarmagan «AMILEE BAHORA» xususiy bandlik agentligiga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish, litsenziyalanadigan faoliyat turini kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib turish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizdan mehnat huquqlari buzilganda yoki og‘ir ahvolga tushib qolganda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga 71 202-33-55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari so‘raladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish muammo manzilini imkon qadar tezroq aniqlash va uni hal qilish yuzasidan tezkor choralarni ko‘rishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring