Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MIB ko‘z yoshlarga ishonmaydi»mi?

«MIB ko‘z yoshlarga ishonmaydi»mi?

Aholining ma’lum qatlami orasida shunday gap paydo bo‘lgan: «MIB ko‘z yoshlarga ishonmaydi» («Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmiga ishora). Bu gapda haqiqat uchqunlari yo‘q emas. MIB (Majburiy ijro byurosi)ning ishi ijro hujjatlarini amalga oshirish. Ijro majburiymi, boshqa chorayam yo‘q-da. Biroq byuroning Shayxontohur tuman bo‘limining ikki xodimi – J.Haydarov va S.Hasanov yuqoridagi gapning aksini qilishdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Kohota MFY hududidagi xonadonlarning energiya resurslaridagi iste’molini nazorat qilib yurgan ikki xodim 97-uyning eshigini qoqishadi. Chunki, xonadonning tabiiy gazdan qarzi 1 million so‘mdan ortib ketgan, buyam anchadan buyon to‘lanmay kelinayotgan ekan.

Xodimlar qarashdiki, xonadon kam ta’minlangan oilalardan, joyida qarzni to‘lash imkoniyati yo‘q darajada.

MIBchilar xonadonning tabiiy gaz tarmog‘idan uzib ketgandir?

Yo‘q. Ular boshqacha yo‘l tutdi. Mazkur MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkorga vaziyatni tushuntirishdi: savob ishga tobingiz qanday, oka? Tadbirkor ko‘p o‘ylamay xonadonning qarzini to‘lab berdi.

Gap yo‘q: tadbirkorga ham, MIBchilar ham.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring