Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! Mirobod tumanida bir nechta ko‘chalar yopilmoqda

Diqqat! Mirobod tumanida bir nechta ko‘chalar yopilmoqda

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

5 iyun kuni Mirobod tumanida «Mirobod yoshlar marafoni» o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Ushbu tadbir munosabati bilan soat 10.00 dan 12.00 gacha quyidagi ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi. 

- Oybek ko‘chasi bo‘ylab: Oybek va Turkiston ko‘chalari chorrahasidan Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasigacha;
- Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan Oybek va Chexov ko‘chalari chorrahasigacha;
- Oybek va Chexov ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab, Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab: Islom Karimov va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring