Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzacho‘l tumani sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar etib tasdiqlandi

Mirzacho‘l tumani sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar etib tasdiqlandi

Foto:«Jizzax.uz»

19-yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shukurov Akbar Safarovichni boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan, Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil Adhamovich nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Komil Xolmurodov shu vatqga qadar Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring