Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Namangan shahar hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda deputatlar Namangan viloyati hokimining Otaxo‘jayev Anvar Xojaxanovichni Namangan shahar hokimi lavozimidan ozod etish, hamda Kamalov Ayubxon Aribdjanovichni Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan ma’qulladilar.

Sessiyada Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov so‘zga chiqib, Namangan shahrini 2026-2028 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha rejasini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Kamolov 5 yildan buyon Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, shaharning sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev bir muddat oldin pora bilan qo‘lga tushgan va protsessual tartibda qamoqqa olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring