Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navro‘z bayrami sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Navro‘z bayrami sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Joriy yilning 21-mart kuni soat 06:00dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navro‘z bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi. 

Jumladan, Beshyog‘och ko‘chasi va Olmazor ko‘chasi qisman yopiladi:
- Beshyog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;
- Olmazor ko‘chasi I.Karimov ko‘chasidan Besh yog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida fuqarolarimiz aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring