Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nobel»da janjal

«Nobel»da janjal

Nobel mukofotiga adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlarni tavsiya qiluvchi Shvetsiya akademiyasining doimiy kotibi Sara Danius iste’foga chiqdi. Bu haqda «Euronews.com» sayti xabar tarqatgan.

Sara Danius akademiya ishonchini yo‘qotganini va bu dargohning kelajagi uchun shunday qarorga kelganini aytgan.

Bu janjal akademiya a’zolaridan shvetsiyalik shoir Katarina Frostensonning turmush o‘rtog‘i akademiya faoliyatiga oid maxfiy ma’lumotni ommaga oshkor qilgani hamda bir necha marta jinsiy zo‘ravonlikka qo‘l urgani oqibatida boshlangan edi.

Aniqlanishicha, 20 yil mobaynida 7 kishining Nobel mukofotini olishi haqidagi xabar laureatlar nomi e’lon qilingunga qadar tarqalib ketgan.

18 nafar a’zosi bo‘lgan akademiya mukofotga nomzodlarning nomini sir saqlar edi.

Nobel jamg‘armasi mutasaddilari akademiya a’zolarini qattiq tanqid qilib, ularni mukofot nufuziga putur yetkazishda aybladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring