Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziri o‘zgarishi kutilmoqda

OAV: Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziri o‘zgarishi kutilmoqda

Foto: «Gazeta.uz»

Ommaviy axborot vositalarida Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi kutilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

«Minbar»ning Ichki ishlar tizimidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, vazir Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga bir necha nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, vazir lavozimiga tayinlanishi ehtimoli eng katta nomzodlardan biri hozir Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasini boshqarayotgan general-mayor G‘ayrat Qodirovdir. IIV matbuot xizmati hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan.

G‘ayrat Qodirov militsiyadan chiqqan kadr bo‘lib, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.

Prokuraturadan chiqqan Po‘lat Bobojonov katta ehtimol bilan yana Bosh prokuraturaga qaytishi kutilmoqda. U Otabek Murodovning o‘rniga O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlanganligi haqida ma’lumot bor. Hozircha bu ma’lumotni na Bosh prokuratura, na IIV matbuot xizmati tasdiqladi.

Po‘lat Bobojonov 2017-yil sentyabrda Ichki ishlar vaziri bo‘lgan. Ungacha Xorazm viloyati hokimi (2012-2017), Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori (2006-2012), Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i (2005-2006), Bosh prokuror o‘rinbosari (2000-2005) sifatida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring