Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamning qadam olishiga qarab qancha yashashini bilish mumkin — olimlar

Odamning qadam olishiga qarab qancha yashashini bilish mumkin — olimlar

Foto: «Beginogi.ru»

Yaponiyalik gerontologlar agarda inson 70 yoshida ham xuddi yoshligidagi kabi shaxdam yursa — 80 yoshga kirish imkoniyati 100 foizga teng, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» yozmoqda.

«Kunchiqar yurt» olimlari 1997-yildan beri 60 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan insonlarning yurish sur’atini o‘rganib kelishyapti. Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, agarda kishi 70 yoshida ham 1,5 metr/soniya tezlikni saqlab qolsa, bemalol uzoq umr ko‘rishga umid qilsa bo‘ladi.

Agarda shu yoshdagilar bir soniyada 1,5 metrni bosib o‘tish sur’atini pasaytirgan bo‘lsalar, ularning yana 10 yil umr ko‘rish ehtimoli 15-35 foizga tenglashgan. Erkaklarda bu ko‘rsatkich ayollarga qaraganda pastroq.

«Yurish sur’ati — muayyan insonning uzoq umr ko‘rishi haqida eng yaxshi prognoz beruvchi indikator. Yoshi ulug‘ inson qancha tez yursa, umri shuncha bardavom bo‘ladi», — dedi Yaponiya milliy geriatriya va gerontologiya markazi prezidenti Xidenori Arai.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring