Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar insulin tabletkasini sinovdan o‘tkazishdi

Olimlar insulin tabletkasini sinovdan o‘tkazishdi

Foto: «Zubi.pro»

Garvard universiteti olimlari kalamushlarda yangi turdagi insulin hapdorisini sinab ko‘rishdi, deb xabar bermoqda «AFP». «TASS» yozishicha, bu ishlanma millionlab kishilarni kunlik emlashlardan xalos qilishi mumkin.

Shu paytgacha tabletka yaratishga oshqozon suyuqligi insulinni eritib yuborayotgani to‘siq bo‘layotgandi. Shuning uchun bu oqsil gormonini yaxshiroq himoyalay oluvchi qobiqqa ehtiyoj tug‘ildi. Yangi ishlanmada ingichka ichakning ishqorli muhitiga tushgandan so‘nggina eruvchi polimer qoplama qo‘llandi. Qoplama erigandan so‘ng tabletkaning ichidagi insulin organizmga tushadi. Tadqiqot natijalari «Proceedings of the National Academy of Sciences» («AQSh milliy fanlar akademiyasi materiallari») jurnalida chop etildi.

Biroq ishlanma oxirigacha yetkazilgan emas: hali odamlarda sinab ko‘rish kerak, sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun esa yillar o‘tadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha 1-toifali diabet kasalligidan qariyb 40 million kishi aziyat chekmoqda. Ularning organizmi insulinni mustaqil ishlab chiqara olmagani bois kuniga insulin emlashiga muhtoj.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring