Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudning 5 nafar sudyasi saylandi

Oliy sudning 5 nafar sudyasi saylandi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Ushbu masala yuzasidan so‘zga chiqqan Oliy sud raisi K.Komilov Oliy sud sudyaligiga nomzodlarni tanishtirdi.

Nodira Boboxonova, Abduvohid Qosimov, Tal’atjon Meliboyev va Baxbergan Ubaydullayev 10 yil muddatga Oliy sud sudyalari etib saylandi. Ikrom Muslimov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi. ​​

Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Oliy sudning 3 nafar sudyasi Vohid Nazarov, Umidjon Rasulberdiyev va Mahamatibrohim Tulanov lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring