Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ombudsmanga qaysi hududlardan eng ko‘p shikoyatlar kelayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Ombudsmanga qaysi hududlardan eng ko‘p shikoyatlar kelayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi

AOKAda o‘tgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil — Ombusdman Matbuot xizmati rahbari Fotima Madrahimova Ombudsmanning 6 oylik faoliyati haqida ma’lumot taqdim etdi.

Aytilishicha, 2021-yilning birinchi yarim yilligida Vakil nomiga 9632 ta murojaat qabul qilindi 2020 yilning huddi shu davrida bu ko‘rsatgich 6 484 tani tashkil etgan.

Murojaatlarning 39,9 foizi fuqaroning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 30,4 foizi ijtimoiy, 24 foizi iqtisodiy, 5,1 foizi siyosiy va 0,4 foizi ekologik huquqlarga tegishlidir.

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri aholisidan bo‘ldi – 1263 ta. Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 1093 tani, Surxondaryo viloyatida 873 tani, Toshkent viloyatida 729 tani, Samarqand viloyatida 600 tani tashkil etdi, eng kam murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 159 ta va Navoiy viloyatida 192 ta qayd etildi.

Murojaatlar mohiyati va mazmunini o‘rganish yakunlari bo‘yicha 983 nafar murojaat etuvchining huquq va erkinliklarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi, shuningdek tegishliligi bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarga 2 653 ta xatlar yuborildi. Parlament nazorati sub’yekti sifatida Ombudsman tomonidan salkam 6 mingta murojaat o‘z ish yurituviga olindi.

Joriy yilning 6 oyi davomida Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan tavsiyalar berilgan 22 ta xulosa hamda 9 ta taqdimnoma kiritildi va ularning barchasi qanoatlantirildi. Bundan tashqari, sudga 6 ta da’vo arizasi kiritilgan.

Ombudsman tomonidan kiritilgan taqdimnomalar vazirlik va idoralarning kengaytirilgan majlislarida muhokama qilingan. Mazkur muhokamalar yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi talablarini buzgan va o‘z faoliyatida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 77 nafar xodimga nisbatan hayfsan, 6 nafar xodimga nisbatan jarima qo‘llanilgan va 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilingan.

2021-yilning birinchi yarim yilligida shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish masalasi bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Ombudsman murojaatiga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan 13 ta jinoiy, 4 ta ma’muriy va 8 ta intizomiy ish qo‘zg‘atildi, mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun 23 ta tekshiruv o‘tkazildi, 16 nafar davlat idoralari xodimlari turli darajadagi javobgarliklarga tortildi, sud qarorlariga nisbatan prokuratura organlari orqali 2 ta protest kiritildi hamda murojaat qiluvchilar manfaatlarini ko‘zlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi 26 ta qaror bekor qilindi.

Ombudsman xodimlarini sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini so‘rab yozgan murojaatlariga asosan hisobot4 davrida 45 marotaba sud jarayonlarida ishtirok etilgan.

2021-yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman manziliga fuqarolarning siyosiy huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq murojaatlar 221 tani tashkil etdi. Kelib tushgan shikoyatlar fuqarolarning davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish huquqlari bilan bog‘liq bo‘lib, 99 ta shikoyatda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi, 14 ta shikoyatda ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi va 39 ta shikoyat davlat organlari va muassasalari javoblarining mazmunidan qoniqmaslik va boshqa holatlar bayon etilgan.

Shu bilan birga, Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish va undan chiqish bilan bog‘liq 32 ta murojaat, saylash va saylanish huquqlari bilan bog‘liq 8 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha sudlarga deyarli 98 mln. so‘m mehnat haqini undirishga qaratilgan 5 ta da’vo arizasi kiritildi, 24 nafar fuqaroga 345,8 mln. so‘mlik mehnat haqi to‘lanishi ta’minlandi, 10 nafardan ortik fuqaro ishga tiklandi, 2 nafar fuqaroga ish joyida mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun 4,4 mln. so‘mlik sog‘ligiga yetkazilgan zarar undirildi, shuningdek fuqarolarga 108 mln. so‘mlik kreditlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashildi, murojat etuvchilar foydasiga sud qarorlarida belgilangan 164,8 mln. so‘mlik zarar undirildi, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan 9 ta fuqaroga uy-joy ajratilishida yordam berildi, tadbirkorlarga 135 mln. so‘mlik ortiqcha to‘langan soliq to‘lovlarini qaytarib berishda ko‘mak ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring