Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston onkodermatologiya sohasida Turkiya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston onkodermatologiya sohasida Turkiya bilan hamkorlik qiladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi Turkiyadagi «Neolayf» onkologiya markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

«So‘nggi yillarda dunyoda  ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, atrof-muhit va ekologik zararli omillar, shu bilan bir qatorda, nosog‘lom turmush tarzi ta’sirida inson immun tizimi faoliyatining susayishi oqibatida turli teri kasalliklari, jumladan, teri saratoni ko‘payib bormoqda. Bunday kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolashga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalarni yaratish  jahon tibbiyotining dolzarb vazifasiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda ham  aholiga dermatovenerologiya va dermatoonkologiya sohasida zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun o‘ziga xos infratuzilma yaratilgan. Bu boradagi ilmiy-amaliy loyihalarni yanada kengaytirish tibbiyot oldidagi muhim vazifadir. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyotning turli yo‘nalishlari, jumladan dermatoonkologiya sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda»,-deyiladi xabarda.

Turkiyaning «Neolayf» onkologiya markazi bilan hamkorlik doirasida  onkodermatologiya yo‘nalishida tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish, jahon tibbiyotining bu sohasidagi yangiliklarini mamlakatimiz tibbiyotiga tatbiq etish yuzasidan qator loyihalarni amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring