Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchi yoshlarning ayrimlariga subsidiya ajratiladi

O‘quvchi yoshlarning ayrimlariga subsidiya ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining «Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan vaqtida, budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (2021 yil holatiga ko‘ra 490 ming so‘m) amaliyot o‘tagan to‘liq oy uchun har oylik subsidiya ajratiladi.

Bunda subsidiya ajratish muddati 6 oydan oshib ketmasligi nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, subsidiyalar berish uchun sarflanadigan mablag‘lar bo‘yicha hisob va hisobotlar tegishli professional ta’lim tashkilotining hisobot bo‘limlari tomonidan yuritiladi.

Xususan, o‘quvchi belgilangan muddatda va tartibda amaliyot o‘taganda unga amaliyot rahbari tomonidan ijobiy xulosa beriladi. Amaliyot rahbarining ijobiy xulosasiga asosan amaliyot davrida tegishli subsidiya mablag‘lari amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilarga oyma-oy keyingi oyning 10 sanasidan kechikmagan muddatda to‘lab boriladi.

Shuningdek, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari to‘langanda ushbu o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish amaliyotini ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida o‘tagan davri mobaynida subsidiya ajratilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring