Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘rikzor» bozori 14 kunlik karantindan so‘ng yana ochildi

«O‘rikzor» bozori 14 kunlik karantindan so‘ng yana ochildi

Bugun, 4-iyun kuni «O‘rikzor» savdo majmuasi 14 kunlik karantindan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi.

Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida tuman sektori rahbarlari «O‘rikzor» savdo majmuasi hududida xavfsizlik choralari olib borilishini nazorat qilishgan.

Hududda 3 ta dezinfeksiya tunnellari, ijtimoiy masofa belgilari, teplovizorlar, yuk avtomashinalari uchun maxsus to‘siq, sotuvchi va xaridor o‘rtasida maxsus ajratgichlar o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘rikzor»da sotuvchidan koronavirus aniqlangani sabab bozor yopilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring