Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Sattoriyning jazosi yengillashtirildi

Otabek Sattoriyning jazosi yengillashtirildi

Bloger Otabek Sattoriy jazosi yengilrog‘iga almashtirildi. 

2024-yil 5-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2024 yil 2 fevral kunidagi ajrimiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2021 yil 15 iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi o‘zgartirildi.

Natijada 6 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga keltirilgan Otabek Sattoriy (1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan) ning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Shu tariqa sudning ajrimi bilan O. Sattoriy 2024-yil fevral oyining 5 kuniga qadar o‘talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi «v» bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring