Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan 10 oyda 260 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj etilgani fosh qilindi

O‘tgan 10 oyda 260 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj etilgani fosh qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda qonunbuzarliklar bo‘yicha ayrim faktlarni keltirdi. 

Jumladan, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida davlat boshqaruvi organlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank, moliya, yoqilg‘i energetikasi, qurilish sohalarida jami 436 holatda 260 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj etilgani fosh qilindi.

Xususan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda soxtakorlikka yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq 89ta jinoyatga chek qo‘yilgan. Bu jinoyatlarning eng ko‘pi — davlat boshqaruvi organlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat xaridlarini sun’iy ravishda qimmat narxda sotib olish bilan bog‘liq 27ta jinoyat aniqlangan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoqilg‘i energetika, madaniyat tizimi va boshqa yo‘nalishlarda ana shunday jinoyatlar ko‘proq qayd etildi.

Shu bilan birga, qurilish sohasidagi 187ta jinoyat tufayli davlat budjetiga 60 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq 27ta jinoyat fosh etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring