Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zAda media markaz tashkil etiladi

O‘zAda media markaz tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar bo‘yicha fuqarolarda xolis fikrni shakllantirish, ularga axborot-tahliliy, shu jumladan, audio va video axborotlar yetkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zA tarkibida media markaz tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Quyidagilar Media markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni O‘zAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish;
  • axborotni qayta ishlash va tarqatishning zamonaviy usullaridan, jumladan, infografika, moushn-grafika, ijtimoiy rolik, 360 formatidagi video va boshqalardan keng foydalanish;
  • davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring