Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston AQSh bilan harbiy tadqiqotlar o‘tkazish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston AQSh bilan harbiy tadqiqotlar o‘tkazish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya harbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, har ikki mamlakat harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida AQShga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida 9 sentyabr kuni general-mayor Azizbek Ikramov AQSh Milliy mudofaa universiteti Prezidenti, vitse-admiral Frits Rugge bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot mobaynida oliy bo‘g‘in ofitser kadrlarini tayyorlash, shuningdek, harbiy tadqiqotlar o‘tkazish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Tomonlar keng ko‘lamli masalalar va  AQSh Milliy mudofaa universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi universitet infratuzilmasi, harbiy kadrlar tayyorlashga yondashuvning umumiy tizimi, shuningdek, professional harbiy ta’limning muayyan kurslari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish prinsiplari bilan tanishdi.

Shu kunning o‘zida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi (NESA) direktori, iste’fodagi general-leytenant Tomas Vulf bilan uchrashdi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlab o‘tildi.

10 sentyabr kuni  Missisipi shtatidan AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli, shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi vakili Amer Latif bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.

Delegatsiyamiz a’zolari 11-13 sentyabr kunlari Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida joylashgan AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari Harbiy kollejiga tashrif buyuradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring