Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviachiptalarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviachiptalarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 21—23-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab barcha reyslarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya tomonidan xabar berilishicha, chegirmalar quyidagi tartibda taqdim etiladi:

  • individual yo‘lovchilar uchun — 30 foiz;
  • sayyohlik guruhlari va ta’lim muassalari o‘quvchilari, talabalari va tinglovchilari uchun — 40 foiz;
  • oilalar uchun (ikki yoki undan ko‘p kishi: er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari) — 50 foiz;
  • nafaqaxo‘r va nogironlar uchun — 50 foiz;
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, urush davridagi mehnati va xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun — 50 foiz;
  • Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun — 50 foiz.

Chegirmalardan O‘zbekiston va chet el fuqarolari foydalanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring