Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ham Toshkent shahar hokimi so‘zlariga munosabat bildirdi

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ham Toshkent shahar hokimi so‘zlariga munosabat bildirdi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan audio va matnli axborot keng tarqaldi. Agar unga ishoniladigan bo‘lsa, shahar hokimi so‘z erkinligi va jurnalistlar sha’niga nisbatan, nafaqat egallab turgan lavozimiga, balki umuman insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni bildirgan. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ushbu so‘zlarga munosabat bildirdi.

Jurnalistlarimiz Uyushma tomonidan telegram-kanalida ochilgan «O‘zbekiston jurnalistlari guruhi» sahifasida ham ijtimoiy tarmoqlarda J.Ortiqxo‘jayevga tegishli ana shu audio va matnli axborot paydo bo‘lgan paytdan boshlab bunday munosabat madaniyatsizlik ekani haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Qo‘shimcha qilib shuni alohida ta’kidlaymizki, Jurnalistlar uyushmasi tegishli huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan o‘zlarining adolatli xulosalarini bildirishlari zarur, deb hisoblaydi. Inson sha’ni, jumladan jurnalist sha’ni va haq-huquqi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan va uning har qanday buzilishlari qonuniy baholanishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring