Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Turkiston shahrida ulkan masjid qurmoqda

O‘zbekiston Turkiston shahrida ulkan masjid qurmoqda

Foto: «Kazinform»

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 5 mingdan ortiq kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid qurilmoqda. O‘tgan yili tamal toshi qo‘yilgan masjid qo‘shni O‘zbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Viloyat hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev shaharga kiraverishda qad ko‘tarayotgan masjid qurilish ishlari bilan tanishdi. Dunyoning eng yaxshi tajribalarini o‘zida mujassam etgan me’morchilik obidasining ichki va tashqi ko‘rinishi sharqona uslubda bezatiladi. Noyob loyiha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Foto: «Kazinform»

Turkiston shahrida barpo etilayotgan masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz o‘qishi mumkin.

Arxitektura majmuasida musulmon marosimlari o‘tkaziladigan joylar, kongress zali, to‘y saroyi, 180 o‘rinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 mashinaga mo‘ljallangan avtopark va ajoyib favvora bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring