Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 million nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 million nafarga yaqinlashdi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga yoki 2 mln. 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 mln. 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019-yil 1-aprel 

Jami: 21 960,2 ming
aholida: 21 331,2 ming

2020-yil 1-aprel 

Jami: 24 316,7 ming
aholida: 23 371,3 ming

2021-yil 1-aprel 

Jami: 26 953,5 ming
aholida: 24 795,4 ming

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring