Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana havoning keskin sovushi kutilmoqda

O‘zbekistonda yana havoning keskin sovushi kutilmoqda

Foto: «O‘zgidromet»

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 27-29-noyabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

27-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28-noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29-noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring