Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar BAAga qachondan vizasiz bora olishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar BAAga qachondan vizasiz bora olishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

2024-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul O‘zbekiston Hukumati bilan BAA Hukumati o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokolini imzoladi.

Hujjat rasman 2024-yil 16-fevraldan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring