Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar tomonidan yig‘ilgan gumanitar-moliyaviy yordam Turkiyaga yuborildi

O‘zbekistonliklar tomonidan yig‘ilgan gumanitar-moliyaviy yordam Turkiyaga yuborildi

6 fevral kuni Turkiya va Suriyada 7,8 magnitudali halokatli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada silkinishlardan yuzaga kelgan vayronalar oqibatida 43 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 80 mingdan ortiq kishi jarohatlangan va eng yomoni 1.5 million kishi uysizlikdan aziyat chekib, chodirlarda kun kechirishmoqda. Zilziladan so‘ng 70 ta davlat va 14 xalqaro tashkilot Turkiyaga yordam taklifini bildirdi, ular orasida O‘zbekiston ham bor.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Mustaqil Sanoatchilar va Tadbirkorlar Uyushmasi tomonidan Turkiyaga gumanitar-moliyaviy yordam sifatida maxsus xayriya hisobi ochildi. Joriy yilning 16 mart holatiga ko‘ra yig‘ilgan xayriya miqdori milliy valyutada 2 mlrd 339 million 678 ming so‘mga va xorijiy valyutada 22.310 dollarga yetdi.

Bunda nafaqat yuridik shaxslar, balki fuqarolar va ko‘ngillilar ham o‘z yordamlarini ayamay, xayriya ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Umumiy yig‘ilgan xayriya mablag‘lari konvertatsiya qilinib, 203600 AQSh dollari miqdorida 2023 yilning 9 va 13 mart kunlari Turkiya Favqulodda Vaziyatlar Agentligining (AFAD) zilzila oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha maxsus ochilgan hisob-raqamiga o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida: AFAD tomonidan Turkiyaning Qahramanmarash va Hataydagi zilzilalardan zarar ko‘rgan fuqarolarning boshpana ehtiyojlarini qondirish uchun hozirgacha 332 ta chodir shaharchalar yaratildi, ularda 360 167 ta chodir o‘rnatildi. O‘rnatilgan chodirlarda esa 1 440 668 kishiga boshpana xizmati ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, zilziladan jabrlangan viloyatlarda 189 ta konteyner shaharlari yaratilmoqda. Rejalashtirilgan 90 914 ta konteynerning infratuzilmasi va taxta ishlari davom etmoqda. O‘rnatilgan konteynerlarda 34 ming 120 nafar jabrlanganlarga boshpana xizmati ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring