Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun Turkmaniston hududidan iliq havo kirishi bilan ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lmoqda. Harorat iliydi va me’yoriy qiymatlardan bir oz yuqori bo‘lib 20-25 daraja iliq atrofidani tashkil qiladi.

Ertaga Kaspiy dengizi janubi-g‘arbiy qismi ustidagi janubiy siklon O‘zbekiston hududiga siljib bulutlilik ortadi va respublika hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

1-aprelda Kavkazdan sovuq antitsiklon kirishi bilan mamlakatimiz hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.

2-aprelda tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja bo‘ladi, kunduzi bir oz ko‘tarilib 15-20 darajani tashkil qiladi.

3-aprelda respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy tumanlarda Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatimizning katta qismida kechasi 7-12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir bilan 15-20 darajani tashkil qiladi.

4-aprelda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan bir oz yuqori bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring