Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Pandemiyaga qaramasdan soliq tushumlari 104 foizga bajarildi» – DSQ raisi maslahatchisi

«Pandemiyaga qaramasdan soliq tushumlari 104 foizga bajarildi» – DSQ raisi maslahatchisi

Foto:«Xabar.uz»

AOKAda «2020-yil sarhisobi: Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish» mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qatnashgan Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Elmurodovga ko‘ra, 2020-yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi 103,6 trillion so‘mga (104 foiz) bajarilgan. 

Joriy yilda «Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili asosida soliq jarayonlarini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda, 22 ta yangi xizmat joriy qilindi va axborot tizimlari kompleksini Yagona platformaga o‘tkazish choralar ko‘rildi.

Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan 2020-yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi 4 trillion so‘mga qo‘shimcha daromadlar bilan bajarilgan. (2019-yildagi 83,3 trillion so‘mga nisbatan o‘sish 124,4 foiz).

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring