Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini kimlar oladi?

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini kimlar oladi?

Foto: Xabar.uz

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Quyidagilar mehnatga layoqatsiz oila a’zolari hisoblanadi:

  • bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham, shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi mavjud shaxslar;
  • ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, shuningdek, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;
  • yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
  • buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi.

Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa umrbod tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring